Templates by BIGtheme NET

SENARIYLAR

Yurt e’zozlagan shoira
1-boshlovchi:   Assalomu aleykum aziz va muhtaram ustozlar, qadrli mehmonlar va o’quvchi-yoshlar. Mana, o’lkamizga go’zal bahor tashrif buyurdi. Bahorning ilk kunida o’zbek she’riyatining porloq yulduzi, vafo va sadoqat timsoliga aylangan shoira Zulfiyaxonim tavallud kuni mamlakatimizda juda katta va keng miqyosda nishonlanadi. Shu  munosabat bilan bugun shoira Zulfiya tavalludining 101 yilligiga bag’ishlab, «Yurt e’zozlagan shoira» mavzusida tayyorlangan adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsiz, azizlar!
2-boshlovchi:  O’zbek ayol she’riyati haqida o’ylaganimizda, beixtiyor ko’z o’ngimizda ikki ayol siymosi namoyon bo’ladi, yuragimizda iftixor tuyg’ulari mavjlanadi. Bularning biri Nodira-yu, ikkinchisi esa Zulfiyaxonimdir.     yuklab olish

 

“Yangi yil”   tadbiri senariysi.
Zal bayramona bezatilgan,  hamma  yoq sharlar va gullar bilan bezatilgan. O’quvchilar bayarmona kayfiyatda kiyinganlar . musiqa sadolari ostida o’quvchilar sahnaga kirib keldilar va boshlovchi bayramni ochiq deb e’lon qildi.
1-boshlovchi: Assalom tilimning shaydolariga,
Assalom elimning shaydolariga.
Assalom onadek tilni qutlovchi,
Assalom bilimning shaydolariga.                     yuklab olish

NAVRO’Z – yangilanish va poklanish fasli
Bayram senariysi
Bayram o`tkaziladigan joyda karnay, surnay ovozlari  yangramoqda. «Assalom Navro`zi olam!», «Ezgulik timsoli, xush kelding, Navro`z!», «Chun keldi  bahor oyi, yuz ochdi bu dam Navro`z», «Navro`z bayramingiz muborak!» kabi shiorlar osig`liq.
Jarchi chaqirig’i.
Odamlaru odamlar,
Bog`da bitgan bodomlar.
Eshitmadim demanglar,
Eshitganlar jilmanglar.
Navro`z sayliga marhabo. Ehe-he-e-ey…          yuklab olish

«Navoiy qalblarda yashar abadiy» tadbiri senariysi.
Sahna to’rida hazrat Navoiyning portreti. Portret tagiga “Buyuk xizmatlar abadiydir” degan so’zlar yozilgan.
Sahna gullar bilan bezatilgan, bir tomonda stol, ustida sham, siyohdon va lavh qo’yilgan. Navoiy asarlaridan iborat ko’rgazma tashkil etilgan.
Zal uzra Navoiy g’azaliga bastalangan kuy yangramoqda. Kuy tugagach, sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi va shamni yoqishadi.
1-boshlovchi:   Shamni ko`r, shamdek bo`l, kuyib jismu tan
O’zgalar bazmini  qiladi  ravshan.
2-boshlovchi:  She’riyat – bu guliston azal,
Unda yashar xushxon bulbullar.
Yonib yashar unda millatim,
Elim degan buyuk shoirlar.            yuklab olish

 
“Jannat onalar oyog’i ostida”    mavzusida tadbir ishlanmasi.
Sahna bayramona tarzda bezatilgan, bayramga oid devoriy gazetalar, sharlar , gullar bilan bezatilgan. Yoqimli kuy ostida boshlovchilar sahnaga chiqadilar.
1-boshlovchi: Kulib issiq yuzimiz porlab turar ko’zimiz.
Assallomu alaykum  eng birinchi so’zimiz.
Mehribon onalarga jonkuyar opalarga
Qadrdon ustozlarga assalomu alaykum.
2-boshlovchi: Ayamagan vaqtini bizga bergan pandini
Ham asal ham qandini otajonlar assalom.         yuklab olish

ABU RAYHON BERUNIY-BUYUK MATEMATIK.
      Kechani o‘tkazishdan 1 hafta oldin  Beruniyga bag‘ishlangan gazeta tanlovlari e`lon qilinadi. Gazetada “ … (yil, oy, kun) da o‘tadigan matematika kechasiga tayyorlaning” deb yozib qo‘yilishi shart. Gazeta sahifasida turli murakkab masalalar, matematik sofizmlar, olimning hayotiga oid quyidagi savollar yozilgan bo‘ladi:
  1. Beruniy nenanchi yilda va qaysi, shaharda tug‘ilgan? U shaharni kartadan toping-chi.
  2. Beruniy kim hukmronlik qilgan davrda yashagan va ijod qilgan?
  3. Beruniy yashagan va borgan shaharlarning kartasini tuzing.
  4. Beruniyning ustozlari kimlar bo‘lgan?
  1. Ma’mun shoh saroyida tashkil etilgan „Donishmandlar uyi» da Beruniy bilan qaysi olimlar ishlagan va ijod qilgan?
  2. „Osori-ul Boqiya» (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Beruniy necha yoshida yozgan?
  3. Beruniy qiziqqan va ijod qilgan fan sohalarini sanab chiqing-chi.Yuklab olish

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful