Templates by BIGtheme NET
Главная » PORTFOLIO » METODIK TAVSIYA

METODIK TAVSIYA

Informatika fanidan metodik tavsiyalarim

Aqliy hujum-g’oyalarni ilgari surish (generatsiya qilish) usulidir. Mashg’ulot ishtirokchilari birlashgan holda yoki individual holda qiyin muammolarni echishga harakat qiladilar. Bu usulning asosiy vazifasi-muammoni mustaqil hal etishga ta’lim oluvchilarda motivatsiya uyg’otishdir. Bu usulni «Axborot texnologiyalari» ning ko’pchilik darslarida tadbiq etish mumkin.
    Kichik guruhlarga ajratilib amaliy ish bajarish. Bunda ta’lim oluvchilar harakatchan kichik guruhlarga bo’linadilar va o’qituvchi tomonidan berilgan biror amaliy ish topshiriqni echadilar. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar o’rtasida shaxsiy, bir vaqtda jamoaviy holat kuchayadi, ta’lim oluvchilar bilimini hamkorlikda boyitilishi ta’minlanadi, guruhning har bir a’zosi o’zini shu guruhning bir bo’lagi sifatida his etadi.
     Pinbord. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzalligi: o’quvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish, mantiqiy tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlantiriladi. Bu usulni ko’proq axborot texnologiyalari fanining nazariy darslarida qo’llash mumkin.
     Rolli o’yin. Ishbilarmon yoki rolli o’yinlar muammoli vazifaning bir turidir. Darsning bu usulida matnli materiallar o’rnida darsni yoritib berish uchun o’quvchilar tomonidan rollar o’ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi, o’yin ishtirokchilari biror o’yinni o’ynashi davomida biror mavzuni yoritadilar. O’yinda rollarni ijro etish orqali o’zlarini boshqaradilar va oldindan ko’zlangan natijaga erishadilar. Rolli o’yinlar o’ynaladigan darsni tashkil etuvchi o’qituvchi, mavzuga mos stsenariyni yaratishi, rol ijrochilariga topshiriqlarni oldindan taqsimlab berishi, ba’zi hollarda rollar darsni o’zida taqsimlanib, ijro etilishiga erishish lozim.
Kichik guruhlarda o’qitish. Bu usulda ta’lim oluvchilar qo’yilgan muammo bo’yicha   axborot va ma’lumotlarni turli o’qitish usullaridan foydalanib boshqalarga o’rgatadilar. Bu metodning afzalligi shundaki, axborot va ma’lumotlarni o’rgatuvchilar mavzu bo’yicha bilimlarni mustaqil ravishda egallagan bo’lishlari kerak. «Axborot texnologiyalari» fanidan bunday darslarni tashkil etish uchun guruh a’zolari zamonaviy kompyuterli texnologiyalardan erkin foydalana olishlari kerak bo’ladi.
Videofilmlar tahlili. Ta’lim berishning bu usulida mavzuga mos videofilmni guruhni kichik guruhlarga ajratilib yoki individual tarzda tahlil qilishga erishiladi. Bu usulni «Aqliy hujum» usuli bilan qo’shib olib borilishi ta’limda yanada samaradorlikka erishishga olib keladi.
         Kichik guruhlarda bahs-munozara.O’quv guruhi ixtiyoriy ikki yoki uch kichik guruhlarga  o’ziga xos tarzda ajratilib, biror mavzu bo’yicha oldindan berilgan topshiriq yoki yangi  axborot va ma’lumotlarni munozara, fikr almashinuv tarzda echilishi yoki o’zlashtirilishiga erishiladi.
Kitobdan foydalanib bayon yozish. Ushbu usul o’quvchilar o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari, berilgan matnni o’z fikrlari bilan ongli, tushungan holda bayon eta olishlariga qaratilgan.
Individual amaliy ish bajarish.O’quvchilar faoliyatidagi bu usul olingan bilimlarni amaliy vazifani bajarishda qo’llashga qaratilgan. Nazariy o’rganilgan bilimlar amaliyotga tadbiq etiladi. «Axborot texnologiyalari» fanida bu usul ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki  har bir o’quvchi nazariy bilimni amaliyot bilan qo’shib olib bormasa, hech qanday ijobiy natijaga erisha olmaydi.
         Tadqiqot usuli. Bunda o’quvchilarning ayrim tadqiqot ishlarini, ya’ni diplom ishi  va kurs  loyihalarini, bitiruv ishlarini, biror mavzu bo’yicha qo’yilgan muammoni ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishlari, natijalarni tahlil qilishlari kerak bo’ladi.
qo’llanmadagi har bir darsda muammoli savollar yordamida «aqliy hujum» uyushtirilishi o’quvchilarda erkinlik, ijodkorlik, vatanparvarlik, fanga qiziqish, tadbirkorlik, uddaburonlik kabi fazilatlarni shakllantiradi.  Yangi ta’lim standartlari va o’quv dasturlarining ishlab chiqilishi va ta’lim jarayoniga joriy etilishi yangi pedagogik va axborot texnologiyalarning qo’llanilishi munosabati bilan dars ishlanmalariga qo’yiladigan talablar ham o’zgarib bormoqda.
Dars ishlanmalari uchun tayyor qoliplar yo’q, chunki jonli dars jarayonini  hech  qanaqa qolipga  solib bo’lmaydi. U turli xil sharoitlarda turlicha tuzilishi mumkin. Bularni hisobga olib qo’llanmada yoritiladigan har bir darsning namunaviy tarxini, dars yoritilishining texnologik xaritasini jadval shaklini keltirdik. Dars mazmunini yanada yoritish maqsadida unga slaydlar ham kiritilgan.
FSMU texnologiyasi    Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o’tkazishda yoki o’quv–seminari yakunida (tinglovchilarning o’quv seminari haqida fikrlarini bilish maqsadida), yoki o’quv rejasi asosida biron bo’lim o’rganib bo’lingach qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi[28].
(F) – Fikringizni bayon eting;
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating;
(M)–Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
(U) – Fikringizni  umumlashtiring
Blits-so’rov texnologiyasi.  Blits- pedagogikada tezkor, bir zumlik ma’nosida ishlatiladi. Bu texnologiyada talaba-o’quvchilarga o’rganilgan butun mavzu yoki uning ma’lum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo’yicha tuzilgan savollarga javob (og’zaki, yozma, biror jadval yoki diagramma ko’rinishida) berishlari taklif etiladi. Masalan, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’tilgan «Kompyuter tarmoqlari» mavzusining oxirida quyidagi savollar bo’yicha blits-surov o’tkazish mumkin:
  1. Kompyuter tarmog’i nima?
  2. Tarmoqning qanday turlari bor?
  3. Lokal tarmoq deb nimaga aytiladi?
  4. Mintaqaviy tarmoq deb nimaga aytiladi?
  5. Nima uchun tarmoqqa global deb nom qo’yilgan?
  6. Simsiz tarmoq deganda nimani tushunasiz?
  7. Korporativ tarmoq nima?
  8. Server deganda nimani tushunasiz? Va h.k.
Blits – o’yin  texnologiyasi. Ushbu texnologiya o’quvchi–talabalarni harakatlar ketma–ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma–xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o’quvchi–talabalar o’zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o’tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to’liq sharoit yaratib beradi.
“Blits – o’yin” texnologiyasini o’tkazish bosqichlari
1 – bosqich — o’qituvchi ushbu trening bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida tinglovchilarga (talaba-o’quvchilarga) tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
— o’qituvchi hamma tinglovchilarga alohida – alohida tarqatma material beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;
— o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatning ketma – ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozda alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
— qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2 – bosqich:  -o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi;
— har bir tinglovchi tarqatma materialdagi “YaKKA BAHO” bo’limiga shu erda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma–ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya’ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo. Bu vazifani bajarishga 10 daqiqa vaqt beradi.
3–bosqich: — o’qituvchi tinglovchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. 3 kishilik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin;
— kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o’z qog’ozidagi yakka baho bo’limida belgilangan harakatlar ketma–ketligi bilan bir–birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo’lgan ketma–ketlikni birgalashib, bir–birlari bilan tortishib, bahslashib, bir–birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog’ozdagi “guruh bahosi” bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.
— o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
4 – bosqich:  Barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma–ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan “to’g’ri javob” bo’limini topishi va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma–ketligining raqamlarini yozishni so’raydi.
5 – bosqich: O’qituvchi “to’g’ri javob” bo’limida berilgan raqamlardan “yakka baho” bo’limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), ya’ni kattadan – kichikni ayirgan holda “yakka xato” bo’limiga chiqqan farqni yozishni so’raydi. “yakka baho”  bo’limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
     6 – bosqich — xuddi shu tartibda “to’g’ri javob” va “guruh bahosi” o’rtasidagi farq kattadan – kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni  “guruh xatosi” bo’limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo’shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
      7 –bosqich:— O’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni) bo’yicha tushuncha berib, ularni alohida–alohida sharhlab beradi.
“yakka xato” bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:
Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo’lsa, bunday  tinglovchilarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati etarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqli ularning ketma–ketligini tashkil eta oladilar.
“guruh xatosi” bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:
— Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi quyidagicha: tinglovchilarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan “to’g’ri javob” ning yarmidan ko’piga to’g’ri kelgan bo’lsa, “qoniqarli”, 75 % to’g’ri  kelgan bo’lsa “yaxshi”, 100 % to’g’ri kelgan bo’lsa “a’lo” deb belgilash mumkin. Misol:
Mavzu. Model va modellashtirish
Blits so’rovni o’tkazish tartibi:
O’qituvchi darsning tashkiliy qismi, yangi mavzuni bayon etish qismini yakunlab, yangi mavzuni mustahkamlash qismida guruhni ikkita yoki uchta kichik guruhga ajratadi. Guruhning har bir a’zosi uchun quyidagi ko’rinishdagi tarqatma materiallarni tarqatadi, yakka javob ustunida o’quvchilar matematik madelni qurish bosqichlarini 1, 2 , 3, 4 deb belgilab chiqishlarini tushuntiradi va ma’lum vaqt beradi [1-jadval].
1-жадвал
Matematik modelni qurish bosqichini  belgilang.
Guruh
Javobi
Guruh
xatosi
To’g’ri
javob
Yakka
Xato
Yakka javob
Bosqichlar
Modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
O’rganilayotgan xodisa haqidagi ma’lumotlarni jamlash, modelni navbatdagi tahlilini o’tkazish, rivojlantirish, aniqlashtirish.
Modelning asosiy ob’ektlarini bog’lovchi qonunlarni ifodalash.
Modeldan olingan nazariy natijalar bilan ob’ektni kuzatish natijalari mos kelishini aniqlash.
Har bir o’quvchi o’zi belgilaganidan so’ng, kichik guruhlarda qayta belgilaydilar va xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa yakka xato  to’g’risida (ü) belgisini qo’yadi. Kichik guruhlarning umumiy javobi  guruh javobi to’g’risida belgilanadi. Belgilash tugaganidan so’ng javoblar o’qituvchi tomonidan izohlanib, guruh javobidaxatolik bo’lsa guruh xatosi to’g’risida (ü) belgisi qo’yiladi va baholanadi.
Tarqatma materialning oxirgi ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin [2-jadval].
 2-жадвал
Matematik modelni qurish bosqichini  belgilang.
Guruh
Javobi
Guruh
xatosi
To’g’ri
javob
Yakka
Xato
Yakka javob
Bosqichlar
2
2
(ü)
1
Modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
4
4
4
O’rganilayotgan xodisa haqidagi ma’lumotlarni jamlash, modelni navbatdagi tahlilini o’tkazish, rivojlantirish, aniqlashtirish.
1
1
(ü)
2
Modelning asosiy obektlarini bog’lovchi qonunlarni ifodalash.
3
3
3
Modeldan olingan nazariy natijalar bilan ob’ektni kuzatish natijalari mos kelishini aniqlash
Yuqoridagi tarqatma materialda o’quvchi  yakka holda javob berganda ikki joyda xatolikka yo’l qo’yayapti, kichik guruh javobida xatolik yo’q. Bu ko’rinishdagi tarqatma materiallar ham mavzu hajmidan kelib chiqib, har bir guruh uchun alohida yoki umumiy bitta ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Dumaloq stol metodi. Bu metod amaliy   mashg’ulot uchun qulay. Bunda o’qituvchi tomonidan bitta savol yozilgan varaq kichik guruhga taqdim etiladi. Talabalar o’zlarining ismi-shariflari va savolga javoblarini yozib, varaqni yonidagi talabaga uzatadi. Shu tariqa yozilgan javoblar yig’ishtirib olinib, talabalar ishtirokida noto’g’rilari o’chirib chiqiladi va natijalar baholanadi.
“Bumerang” – o’quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materiallarni yoddan saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi talabalarni baholay olishga qaratilgan. “Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqli shakllantirishga, imkoniyat yaratadi; xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dallillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi [7].
“Sinkveyn” metodi– ta’lim oluvchilarni axborotlarni qisqa bayon etishga o’rgatadi, hamda olingan ma’lumotlar ustida chuqur ilanishga chorlaydi. [7].
“Rezyume” metodio’quvchi-talabalarni biror mavzuning ijobiy va salbiy tomonilari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlarini belgilashni o’rganadi.       Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari  bo’yicha bir yo’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi [28].
Bunday  noanaviy metodlar bugungi kunda 500 dan ortib ketgan bo’lib, u haqida [6,7,8,1,16,19 31,33,] va boshqa adabiyotlarda keltirilgan.
Metod tanlash nafaqat o’quv maqsadidan, balki o’quv material mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog’liq. Bundan tashqari metodlarni tanlashda talabalarning soni, ularning o’quv imkoniyatlari, ta’limning davomiyligi, o’quv-moddiy sharoitlar va o’qituvchining mahoratiga bog’liq.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim – tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.[25].
Ana shunday texnologiyalardan biri – “Keys — stadi”dir. U ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo’llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o’qituvchilari yuristlarning o’qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o’qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
  • Keys‑stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o’qitish usuli
  • u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo’llanilgan edi.
  • iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilish.
Keys‑stadi (inglizcha sase — to’plam, aniq vaziyat, stadi -ta’lim) keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir[6]
Keys-stadi — ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir
Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o’rganishni voqelikka bog’lab qo’yadi: sizga muammoni hal etish bo’yicha vaziyatni tahlil qilish, tahminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo’shimcha ma’lumotni yig’ish, tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi.

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful